Xitoy 2018-yildagi ilk koinot parvozini amalga oshirdi va BeiDou navigatsiya tizimining ikki sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Xitoy BeiDou global navigatsiya tizimining ikki sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi - yangiliklar

Foto: EPA

Parvoz 12-avgust, juma kuni Sichan kosmodromidan “Chanchjen-3B” raketasi yordamida amalga oshirildi.

Uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar mamlakatda 2000-yildan beri yaratib kelinayotgan va bugunga kelib Xitoyni to‘liq, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarini qisman qamrab olgan global navigatsiya tizimiga mansub hisoblanadi.

Tizim yaratilishi 2020-yilda yakunlanishi va jami 35 ta sun’iy yo‘ldoshni o‘z ichiga olishi ko‘zda…