Xiaomi Snapdragon 845 protsessoridan foydalangan holda ikkita flagman (Mi 7 va Mi Mix 2s) ishlab chiqaruvchi dastlabki OEM-kompaniyalardan biriga aylanadi. Ikkala modelning ham ichki tuzilishi o‘xshash, biroq dizayn jihatidan farq qiladi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Xiaomi Mi 7: hoshiyasiz flagmanning videosi namoyish etildi - yangiliklar

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

YouTube Science and Knowledge kanali Mi 7 flagmani haqida ma’lumotlar berilgan videorolikni taqdim etdi. Videoga ko‘ra, Mi 7 mutlaq oynali korpusga, tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 5,5 dyuymli IPS hoshiyasiz displeyga ega bo‘ladi.

Shuningdek, qurilmaga barmoq izi skaneri ham o‘rnatiladi. Ichki xotirasi 6 gigabayt yoki 8 gigabayt…