Toshkent shahridagi “Farhod” bozorining avtomobillar ehtiyot qismlari sotishga ixtisoslashgan qismida 13-yanvar, shanba kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkentning “Farhod” bozorida yong‘in chiqdi (video) - uz yangiliklar

Foto: UzNews

UzNews’ning xabar berishicha, yong‘in avtomobil shinalari sotiladigan do‘konda kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovni 12:38 da o‘chirgan.

Yong‘in 5 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yong‘in oqibatida avtomashinalarning eski shinalari butkul yaroqsiz holga kelgan.

Voqea natijasida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari…