Toshkent shahrida svetoforning qizil chirog‘iga o‘tib ketgan Nexia haydovchisi jarimadan qochish uchun MAN avtobusi tagiga yotib oldi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Toshkentda haydovchi jarima to‘lamaslik uchun avtobus tagiga yotib oldi (video) - uz yangiliklar

Foto: “Gazeta.uz”

Videosi ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan mazkur hodisa 10-fevral kuni soat 14:35 da Mirobod tumanidagi Grand Mir mehmonxonasi yonida yuz bergan.

“Haydovchi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlangan. Uning orqasidan patrul mashinasi kelayotgan edi. Haydovchi qoidabuzarlik sodir etganini tan olgan. Biroq, dalolatnoma tuzilayotgan paytda u sharoiti og‘irligi va jarimani…