Tesla kompaniyasi to‘rtibnchi chorak va 2017-yil uchun o‘z faoliyati haqidagi hisobotni e’lon qildi, deb xabar beradi “Motor”.

Tesla ilk marta bir yilda 100 000 ta mashina sotdi - yangiliklar

Foto: “Motor”

Hisobotda avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya 2017-yilning 12 oyida o‘z mijozlariga 100 000 ta avtomobil yetkazib bergani qayd etilgan. Xususan, o‘tgan yilda kompaniya xaridorlarga  101 312 ta Model S va Model X elektromobillarini yetkazib bergan. Bu esa 2016-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 33 foizga ko‘proq deganidir. Biroq hisobotda 2017-yilning to‘rtinchi choragida 1 550 ta sotilgan Model 3 avtomobiliga…