Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hududidan 2000 yillik tarixga ega Kushan imperiyasi davriga oid qal’a qoldiqlari topildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Taxiatoshdan 2000 yillik tarixga ega qal’a qoldiqlari topildi - yangiliklar

Foto: O‘zA

Ayni paytda bu yerda taniqli arxeolog olim, O‘zbekiston qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyazov rahbarligida vaqtinchalik arxeologik ishlar olib borilmoqda.

“Shu yil boshida, aniqrog‘i, 4-yanvar kuni Taxiatosh tumani hokimligidan tuman hududidan eski kulolchilik idishlari topilgani haqida qo‘ng‘iroq qilib aytishdi, — deydi arxeolog. — Shu kuni topilgan ko‘zalarni menga olib kelib ko‘rsatishdi. Ertasiga o‘sha yerga borib…