Koreyaning ETNews nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S9 va S9 Plus Samsung qurilmalari ichida birinchi bo‘lib 3D-emodzi va stereodinamiklarga ega bo‘ladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Ta’kidlanishicha, Samsung’ning 3D-emodzisi Apple’ning Animoji’sidan ancha ilg‘orroq bo‘ladi, ammo mohiyatiga ko‘ra, o‘xshash bo‘ladi. Ikkala texnologiyada ham foydalanuvchining yuz harakatlarini kuzatib, ularga taqlid qiluvchi 3D-personaj bor.

Samsung Galaxy S9 ga stereodinamiklar va 3D-emodzilar o‘rnatiladi - yangiliklar

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Yil boshida kompaniya o‘zining yangi Exynos chipini namoyish qilib, u “yuzni kuzatish uchun realistik filtrlar”ga hamda qurilmani yuzni tanib olish…