Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun velopatronaj xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Quyi Chirchiqda velopatronaj xizmati ish boshladi - uz yangiliklar

Foto: O‘zA

Hududdagi patronaj hamshiralar ishi samaradorligini oshirish, ularning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida tibbiyot muassasalariga tuman hokimligi tomonidan 22 velosiped taqdim etildi.

Quyi Chirchiqda velopatronaj xizmati ish boshladi - uz yangiliklar

Foto: O‘zA

Ayni paytda tuman tibbiyot birlashmasidagi 81 patronaj hamshirasi 104 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi.