Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti taqdimoti o‘tkazildi - uz yangiliklar

Foto: O‘zA

Tadbirda ishtirok etgan senatorlar, deputatlar, siyosiy partiyalar, mamlakatda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda jurnalistlarga mazkur institutning asosiy vazifalari, tuzilmasi, ustuvor yo‘nalishlari va rejalari haqida ma’lumot berildi.

Institutda 37 shtat birligi joriy etilib, 7 bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular turli sohalar bo‘yicha…