Sankt-Peterburgning Viborg tumanidagi qurilishlaridan birida o‘zbekistonlik 29 yoshli mehnat muhojiri balandlikdan qulab, og‘ir jarohatlandi. Bu haqda “Rosbalt” xabar bermoqda.

Peterburgdagi qurilishlardan birida o‘zbekistonlik mehnat muhojiri balandlikdan qulab, og‘ir jarohat... - uz yangiliklar

Foto: “Rosbalt”

Muhojir Prokofev ko‘chasidagi 7-uy oldidan topildi va 3-shahar kasalxonasiga olib ketildi. Unga katatravma, ochiq bosh suyak-miya, ko‘krak qafasi va qorin jarohati, tos suyagi sinishi, ichki organlar shikastlanishi tashxisi qo‘yildi.

“SMU № 67” MChJ ishchisiga ko‘ra, u ehtiyotsizligi tufayli qurilayotgan uydagi yog‘och narvondan zinalar oralig‘iga qulagan.