Yangi mavsumga Amirliklarda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Bunyodkor” futbol klubi 16-fevral kuni mahalliy “Sharja” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadigan bo‘ldi.

Otabek Shukurov 16-fevral kuni sobiq klubi “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi - yangiliklar

Foto: “Sharja”

“Sharja” Amirlik chempionatida ishtirok etayotgan klub bo‘lib, 2017-yil so‘ngida “Bunyodkor” a’zosi Otabek Shukurov bilan shartnoma imzolagandi. O‘tgan vaqt davomida Shukurov sharjaliklar ishtirokidagi 5 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib ulgurdi.

Katta ehtimol bilan Shukurov juma kungi o‘yinda sobiq klubi “Bunyodkor”ga qarshi maydonga chiqadi….