23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida chorak finalga yo‘llanma olgan birinchi terma nomi ma’lum — Yaponiya.

Osiyo Chempionati U23. Musobaqaga eng yosh tarkib bilan kelgan Yaponiya birinchi bo‘lib chorak final... - yangiliklar

Foto: OFK

Tokio—2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik sifatida Osiyo Chempionatiga kelgan yaponiyaliklar, qolgan termalar bilan solishtirganda eng kichigi ekani bilan ajralib turgandi. Ular avvaliga Falastin, keyin esa Tailand ustidan minimal hisoblarda zafar quchib, navbatdagi bosqich masalasini hal qildi. So‘nggi turda yaponiyalik futbolchilar guruh peshqadami bo‘lish uchun prinsipial raqib — KXDRga qarshi saf tortadi.

Osiyo…