Bugun, 16-aprel sanasida Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasining so‘nggi, 6-turini BAAda “Al-Vasl”ga qarshi o‘tkazdi.

OChL. Safarda “Al-Vasl”ni mag‘lub etgan “Nasaf” 10 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egalladi - yangiliklar

Foto: OFK

“Nasaf” 5-turda Eronning “Persepolis” jamoasini qabul qilib, nursiz durang qayd etgan holda Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini erta yakunlashga majbur bo‘lgan edi. Bugungi uchrashuvda qarshiliklar shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga tushgan bo‘lsa ham raqibni mag‘lub etishga erishdi. Avvaliga mezbonlar hisobni ochgan bo‘lsa-da, “Nasaf” 2 ta gol urib g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi.