Rossiyada bloklana boshlagan Telegram messenjeri O‘zbekistonda ham ishlamay qoldi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida foydalanuvchilar messenjerning ishlamayotganidan shikoyat qildi.

O‘zbekistonda Telegram messenjeri ishlamay qoldi - yangiliklar

Foto: Meduza

Kecha, 16-aprel kuni provayderlar Rossiya hududida Telegram messenjerini blokirovka qilishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.

16-apreldan 17-aprelga o‘tar kechasi Pavel Durovning jamoasi Telegram’ning rossiyalik foydalanuvchilariga servisdan VPN va proksini qo‘llamasdan foydalanish imkonini beruvchi yangilanishni ishga tushirdi.

Telegram’ning blokirovka qilinishi sababli rossiyaliklarning hayot sifati…