Microsoft kompaniyasi yuzni tanish bo‘yicha inqilobiy tizimni ishlab chiqdi. Tizim Apple tomonidan iPhone X da ishlatiladigan tizimdan farq qiladi. Uning asosiy yangiligi bitta kamerada infraqizil nurning ko‘rinadigan rang sensori bilan aralashuvi hisoblanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Microsoft yuzni tanish bo‘yicha inqilobiy tizimni yaratdi - yangiliklar

Foto: “Korrespondent.net”

Mazkur texnologiya nafaqat egallanadigan joyni tejashga, balki datchiklarning bir-biriga nisbatan joylashuvi bilan bog‘liq muammolarni ham bartaraf etishga imkon beradi.

Ayni vaqtda kompaniya yangi texnologiyani aynan qayerda ishlatishi haqida xabar berilmagan.