Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul” futbol klubi Chempionlar Ligasining chorak finaliga deyarli chiqib bo‘ldi.

Koutinyosiz qolgan “Liverpul”ning hujum uchligi “Portu” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi - yangiliklar

Foto: Getty Images

Portugaliyada “Portu” mehmoni bo‘lgan “mersisayd” klubi 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Muhammad Saloh va Roberto Firmino bir martadan muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, Sadio Mane 3 ta gol urishga erishdi. Bungacha Filippe Koutinyo “Barselona”ga o‘tib ketgach, Chempionlar Ligasida “Liverpul”ga oson bo‘lmasligi aytilgandi.

Javob o‘yini 6-mart kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi. Uning oldidan “Liverpul”…