O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining Press-xollida 17-aprel kuni brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov chiqish qildi. Brifing “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida viloyatlarga safarlar oldidan ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotganini jiddiy tanqid ostiga oldi. Bu lavha OAV orqali barchaning e’tiboriga havola…