Yaponiyaning g‘arbiy qismiga yopirilgan qor bo‘ronlari oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, kamida 16 kishi og‘ir darajada tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Info: Yaponiyadagi qor bo‘ronlari oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 16 kishi og‘ir jarohatlandi - yangiliklar

Foto: “RIA Novosti”

Insonlar o‘limi bilan yakunlangan baxtsiz hodisalar Yaponiyaning Xonsyu oroli g‘arbidagi Fukui va Isikava prefekturalarida yuz bergan.

Eng ko‘p jabrlanuvchi Isikavada qayd etilgan. U yerda kamida 11 kishi jarohatlangan. Toyama prefekturasida uch kishi, Fukuida ikki kishi tan jarohati olgan.

Mamlakatning alohida hududlarida qor…