BMT me’yorlariga muvofiq, Venesuela qarzlari tufayli BMT Bosh assambleyasi doirasida ovoz berish huquqidan vaqtinchalik mahrum etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Info: Venesuela qarzlari tufayli BMTda ovoz berish huquqidan mahrum etildi - yangiliklar

Foto: Reuters

Venesueladan tashqari, Markaziy Afrika Respublikasi, Dominika, Ekvatorial Gvineya, Grenada, Liviya, Surinam va Yaman ham 2018-yil yanvar oyi yakunida qarzdorlar ro‘yxatidan joy oldi.

Venesuela 2017-yilda ham BMTdagi ovoz huquqidan mahrum etilgan edi.