Ukrainaning Krivoy Rog shahrida marshrutka, avtobus va yengil avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jabrlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Info: Ukrainaning Krivoy Rog shahrida yuz bergan yirik YTH oqibatida 8 kishi qurbon bo‘ldi - yangiliklar

Foto: “Korrespondent.net”

To‘qnashuv tonggi 6 ga yaqin yuz bergan. Mazda avtomobili marshrutka bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Oqibatda avtobus bilan to‘qnashuv yuz bergan.

YTH yuz bergan vaqtda svetoforlar ishlamagan. Barcha mashinalar yo‘lning chap yo‘nalishida harakatlangan….