Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin anklavidagi operatsiya doirasida 1,5 mingga yaqin jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Info: Turkiya rasmiylari Afrinda 1,5 ming terrorchi yo‘q qilingani haqida bayonot berdi - yangiliklar

Foto: Anadolu

“Operatsiya boshlanganidan buyon Suriya shimoli-g‘arbida 1485 terrorchi yo‘q qilindi”, — deyiladi bosh shtabning rasmiy bayonotida.

Ta’kidlanishicha, 14-fevral kuni 46 nafar kurd jangarilari hamda IShID tarafdorlari yo‘q qilingan.