AQSh prezidenti Donald Tramp Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) rahbari lavozimiga general-leytenant Pol Nakasone nomzodini ilgari surdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Info: Tramp Milliy xavfsizlik agentligi rahbarligiga general-leytenant Pol Nakasone nomzodini tavsiya etdi - yangiliklar

Foto: Reuters

Nakasone nomzodini senat tasdiqlashi lozim. Tasdiqlangan taqdirda u AQSh qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligini ham boshqaradi.

54 yoshli Nakasone 2016-yil oktabridan beri AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari kiberqo‘mondonligini boshqarib kelmoqda. Bungacha Iroq va Afg‘onistondagi jangovar operatsiyalarda qatnashgan.