Rossiyaning Tatariston respublikasi, Ar tumanida ovqatdan zaharlanish sababli 39 bola va ikki katta odam shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Info: Tataristonda 39 bola ovqatdan zaharlandi - yangiliklar

Foto: Google Photos

Respublika sog‘liqni saqlash vaziri Adel Vafinning so‘zlariga qaraganda, 22 nafar bolaning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, qolganlar hozircha xavf ostida.

Zaharlanganlarning bari hafta oxirigacha tuzalib ketishiga umid bor, deb ma’lum qildi Vafin.

Zaharlanish manbai aniqlangan, ammo rasmiylar hozircha bu borada rasmiy ma’lumot bermayapti.