Sharjadagi Hotam-Milaxa chegara punktida beton qorish mashinasi ichida BAAga 22 nafar muhojir kirib kelishining oldi olindi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.

Info: Sharjada beton qorish mashinasi ichidan 22 nafar muhojir topildi - yangiliklar

Foto: Trend

Nazorat nuqtasiga o‘rnatilgan rentgen skaneri mashina ichida 21 erkak va bir ayol borligini yaqqol ko‘rsatdi.

Ularni qurollangan bo‘lishi ehtimoli sababli hudud harbiylar tomonidan qurshab olindi. 

Muhojirlar mashinadan birma-bir tushirildi. Shundan so‘ng ular so‘roq uchun politsiyaga yetkazildi.