Rossiyaning Kuzbass viloyatida ikki maktab o‘quvchisi qor bilan qoplanib qolgan ochiq quduqqa tushib ketgan yetti yoshli bolani qutqardi. Bu haqda IIV ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Info: Rossiyaning Kuzbass viloyatida maktab o‘quvchilari issiqlik qudug‘iga tushib ketgan bolani qutqardi - yangiliklar

Foto: “RIA Novosti”

Politsiyachilar hodisa haqida bolaning onasidan eshitdi. Uning so‘zlariga qaraganda, maktabdan uyga qaytayotgan bola qopqoq bilan yopilmagan quduqqa tushib ketgan. Bola yo‘lda yugurib ketayotgan kuchukdan qo‘rqib, yo‘l chetidan aylanib o‘tishga qaror qilganligi, shu paytda qor bilan qoplanib qolgan quduqqa tushib…