Rossiyaning S7 aviakompaniyasi samolyoti layner tubini o‘yib yuborgan oltin yombilar tufayli Domodedovo aeroportidan Ispaniyaga uchib ketolmadi, deb yozadi “Nur.kz”.

Info: Rossiyaning Domodedovo aeroportida oltin yombi samolyot tubini teshib yubordi - yangiliklar

Foto: “RIA Novosti”

Alikantaga yo‘l olishi kerak bo‘lgan laynerning yuk bo‘lmasiga yo‘lovchilar yuklaridan tashqari, oltin ham ortilgan. Yuklash chog‘ida oltin qulab tushib, bo‘lma tubini teshib yuborgan.

Bu paytgacha samolyot bortiga chiqib ulgurgan yo‘lovchilardan salonni tark etishni so‘rashdi. Samolyotni almashtirishdi va ular boshqa laynerda uchib ketdi.