Rossiya harbiylari Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan moddalar omborini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Info: Rossiya harbiylari Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan moddalar... - yangiliklar

Foto: AFP

Aytilishicha, tiodiglikol, dietanolamin singari moddalar aniqlangan. Ular oltingugurtli va azotli iprit olishda qo‘llanadi.

Bundan tashqari, ombordan xlorli ballon topildi.

Ta’kidlanishicha, ombor odamlar yashaydigan uyning yerto‘lasida joylashgan edi. Laboratoriyadan shaharni egallab turgan terrorchilar foydalangani aytilmoqda.