Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi hujjatli filmda mamlakatning kommunistik o‘tmishi va Lenin haqida fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Info: Putin Leninning maqbaradagi tanasini avliyolarning qoldiqlariga tenglashtirdi - yangiliklar

Foto: “TASS”

“Aslida kommunistik ideologiya xristianlikka o‘xshaydi. Erkinlik, birodarlik, tenglik, adolat. Barchasi muqaddas kitoblarda bor”, — dedi u.

Bunga misol tariqasida Putin kommunistlar yetakchisi Leninning maqbarasini keltirdi:

“Leninni maqbaraga joylashtirishdi — bu pravoslavlarda, umuman xristianlardagi avliyolarning tanasini saqlashdan nimasi bilan farq qiladi?…