Portugaliyaning Vila-Nova-da-Rainya shahrida yuz bergan yong‘inda 8 kishi halok bo‘ldi, kamida 50 kishi jabrlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Info: Portugaliyada qarta turniri chog‘ida yuz bergan yong‘inda 8 kishi halok bo‘ldi - yangiliklar

Foto: The Wire

Shahar meri Xose Antonio de Xesusga ko‘ra, mahalliy dam olish markazida yong‘in boshlanganda 60 dan ortiq kishi qarta turnirida qatnashayotgan yoki tomosha qilayotgandi.

Markaz ikki qavatli bino bo‘lib, Lissabondan 260 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.

Yong‘inga isitish qozoni portlashi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.