AQShning Oklaxoma shtatida yashovchi ayol o‘z qizini qasddan qiynab o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm etildi, deb xabar beradi New York Post.

Info: O‘z qizini qiynab o‘ldirgan amerikalik ayol umrbod qamoq jazosiga hukm etildi - yangiliklar

Foto: New York Post

Qayd etilishicha, Xuanita Gomez qolgan hayotini qamoqda o‘tkazadi. Unda muddatidan avval ozodlikka chiqish imkoniyati bo‘lmaydi.

2017-yilning avgust oyida ayol 33 yoshli qizining qo‘l-oyog‘ini butga tortib mixlab, o‘ldirgan edi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qizini shayton vasvasasiga yo‘liqqan, deb hisoblagani uchun o‘ldirgan.