Nigeriyada maktab o‘quvchilari o‘tirgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, oqibatda 22 o‘quvchi va haydovchi halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Info: Nigeriyada avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi: 22 bola halok bo‘ldi - yangiliklar

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, avtobusda Kano shahriga ekskursiyaga ketayotgan o‘rta maktab o‘quvchilari bo‘lgan.

Haydovchi yo‘ldagi o‘nqir-cho‘nqir joyni aylanib o‘tishga urinayotganida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yuk mashinasi bilan yuzma-yuz to‘qnash ketgan.

Yana uch kishi jiddiy jarohat olgan.