Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Ruud Lyubbers 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda hukumat bayonotiga tayanib, NL Times nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Info: Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Ruud Lyubbers vafot etdi - yangiliklar

Foto: AP

Janob Lyubbersning o‘limi sabablari ma’lum qilinmadi.

Xristian demokratlar yetakchisi vazir lavozimini niderlandiyalik siyosatchilar uchun rekord muddat — 1982-yildan 1994-yilgacha egallagan.

1999-yilda BMT bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida ilgari surilgan, biroq uning nomzodini AQSh rad qilgan. 2000-yilda Lyubbers BMT qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari etib…