Liviya janubi-g‘arbida Somali va Eritreyadan tashrif buyurgan 30 nafar muhojir yirik yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Info: Liviyada ro‘y bergan yirik YTHda 30 kishi halok bo‘ldi - yangiliklar

Foto: Google Photos

Aytilishicha, Bani Valid shahri yaqinida trassadan o‘tayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Uning ichida 300 nafar muhojir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

YTH oqibatida, shuningdek, yuzdan ortiq odam jarohatlangan.