12-aprel kuni Hindistonning Agra shahrida kuzatilgan kuchli shamol Toj Mahalning har biri 4 metr uzunlikdagi ikkita minorasiga zarar yetkazdi, deb xabar beradi National Geographic.

Info: Hindistondagi kuchli shamol tufayli Toj Mahalning ikkita minorasiga zarar yetdi - yangiliklar

Foto: National Geographic

O‘sha kuni shamolning tezligi soatiga 130 kilometrga yetgan.

Minoralardan biri sayyohlar kiradigan — podshohlar darvozasi yaqinida, yana bir esa janubiy darvoza oldida joylashgan.

Toj Mahalga faqat kuchli shamol xavf solmayapti. Havoning ifloslanishi tufayli me’moriy yodgorlikning rangi o‘zgargan.