Hindistonning g‘arbiy sohillarida qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida kamida to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda, ANI agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Info: Hindistonda ichida 40 nafar o‘quvchi bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor - yangiliklar

Foto: “RIA Novosti”

Hodisa 13-yanvar kuni ertalab, Maharashtra shtatining g‘arbidagi Daxanu shahri qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, noxush hodisa yuz bergan vaqtda qayiq ichida 40 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan.

Ularning 25 nafarini qutqarib qolingan. Ayni vaqtda hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyalari o‘tkazilmoqda.