AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton mamlakat prezidenti Donald Trampni “o‘ziga o‘xshamagan” kishilarga nisbatan irqchilik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lishini bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Info: Hillari Klinton Trampni irqchilikda aybladi - yangiliklar

Foto: AP

U Trampning Gaiti haqidagi gaplarini “nodonlik” va irqchilik deb atadi.

“8 yil avval vayronkor zilzila ro‘y bergan sana — fojiani yodga olish, Gaitining jafokash xalqiga ehtirom bildirish, Amerikaning qo‘shnilariga yordam berish niyatini tasdiqlash mavridi edi”, — deya yozuv qoldirdi Klinton…