Sharqiy Xitoy dengizida bir hafta avval Gonkong yuk kemasi bilan to‘qnashgan Eron tankeri ekipajining barcha a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda Eron dengiz kuchlari vakili ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Info: Gonkong kemasi bilan to‘qnashgan Eron tankeri ekipajining barcha a’zolari halok bo‘ldi - yangiliklar

Foto: Press TV

140 tonna gaz kondensati olib ketayotgan tanker 6-yanvar kuni Sharqiy Xitoy dengizida Gonkong yuk kemasi bilan to‘qnashdi.

Tanker yonib ketdi, 32 nafar ekipaj a’zosi — Eron va Bangladesh fuqarolari bedarak yo‘qoldi. Keyinchalik qutqaruvchilar 3 nafar dengizchining jasadini topdi.