15-aprel kuni Germaniyaning janubi-g‘arbida, Shvebish-Xall shaharchasi yaqinida ikki samolyot to‘qnashdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Info: Germaniyada ikki samolyot to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi - yangiliklar

Foto: “Korrespondent.net”

Ikki samolyotning ham uchuvchilari halok bo‘lgan. Boshqa qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, samolyotlar yengil motorli va sportga mo‘ljallangan edi.

To‘qnashuv samolyotlar qo‘nayotgan vaqtda yuz bergan.

Hodisa yuz bergan hudud o‘rab qo‘yilgan.