Sankt-Peterburgdan Moskvaga yo‘l olgan samolyotning fyuzelyaji havoda vayron bo‘ldi. Shunga qaramay, uchuvchilar samolyotni Moskva aeroportlaridan birida xavfsiz qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Ren TV”.

Info: Fyuzelyaji vayron bo‘lgan samolyot Moskva aeroportida muvaffaqiyatli qo‘ndi - yangiliklar

Foto: “RIA Novosti”

Havo kemasi ko‘zdan kechirilganida, fyuzelyajni qanotning chap yuzasi bilan bog‘lovchi panel tushib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda samolyot texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, buzilishning sabablari aniqlanmoqda.