Falastinni ozod qilish tashkiloti ijro qo‘mitasi Sharqiy Quddus poytaxti bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tashkil etish uchun BMT boshchiligida xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda 13-yanvar, shanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Info: Falastinni ozod qilish tashkiloti Quddus maqomi bo‘yicha BMT konferensiyasini o‘tkazishga chaqirdi - yangiliklar

Foto: AP

Tashkilot bayonotiga ko‘ra, bunda Falastin davlati 1967-yilning 4-iyunida amal qilgan chegaralarda e’lon qilinishi lozim.

Bundan tashqari, konferensiya, BMT rezolyutsiyalariga muvofiq falastinlik qochoqlar va Isroil qamoqxonalaridagi mahbuslarga daxldor…