Daniya qirolichasi Margrete II ning turmush o‘rtog‘i 83 yoshli shahzoda Xenrik 13-fevral, seshanba kuni vafot etdi, deb yozadi “TASS” qirollik saroyi matbuot xizmatiga tayanib.

Info: Daniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i shahzoda Xenrik vafot etdi - yangiliklar

Foto: AP

“Qirollik Oliy hazratlari shahzoda Xenrik 13-fevral, seshanba kuni 23:18 da Fredensborg saroyida uyqusida vafot etdi. Shahzodaning yonida Qirolicha Oliy hazratlari va ikki o‘g‘li bor edi”, — deyiladi xabarda.

Shahzoda Xenrik ikki hafta avval Misrda dam olayotgan vaqtda o‘zini yomon his qilgan. Uni mahalliy shifokorlar ko‘zdan kechirgach, u Daniyaga…