Buyuk Britaniyadagi yirik supermarketlar tarmog‘i Waitrose xaridorlarning shikoyatlaridan so‘ng Saquella nomli italyan kofesi savdosidan voz kechdi. Xaridorlar qadoqdagi tasvirni irqchilik sifatida baholagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Info: Buyuk Britaniyadagi supermarket idishiga qullar tasviri tushirilgan kofeni savdodan olib tashladi - yangiliklar

Foto: Metro

Xabarga ko‘ra, Londondagi supermarket xaridorlaridan biri kofe qadog‘ida kofe plantatsiyalarida ishlayotgan qora tanli qullar va ularni nazorat qilib turgan quldor tasvirini payqab qolgan. Hayratga tushgan xaridor bu haqda supermarket rahbariyatiga va shahar kengashi a’zolariga xabar bergan….