Braziliyaning Minas-Jerays shtatida ro‘y bergan yirik yo‘l-transport hodisasida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Info: Braziliyadagi yirik YTHda 13 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohatlandi - yangiliklar

Foto: AFP

Todo Noticias portaliga ko‘ra, ikki mikroavtobus, ikki yo‘ltanlamas va qog‘oz ortgan yuk avtomobili to‘qnashdi. Yuzaga kelgan yong‘in tufayli yuk avtomobili alanga oldi.

To‘qnashuv oqibatida Belu-Orizonti shahriga olib boruvchi gavjum shossening ikki yo‘nalishida ham harakat to‘xtatib qo‘yildi.

Shtat qutqaruv xizmatlari jarohatlanganlarning aksariyati…