Boliviyada 10-fevral, shanba kuni boshlangan milliy karnaval davomida 40 kishi halok bo‘ldi, yana 124 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Karlos Romero ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Info: Boliviyadagi karnavalda 4 kun davomida 40 kishi halok bo‘ldi - yangiliklar

Foto: AP

“40 kishi halok bo‘ldi. Afsuski, nazoratga qaramasdan, karnaval davomidagi o‘lim holatlari va shikastlanishlar soni katta”, — deydi vazir.

Uning so‘zlariga qaraganda, halok bo‘lganlardan 16 nafari YTH qurboni bo‘lgan, sakkiz nafari Oruro shahrida 10-fevral kuni gaz ballonining portlashi oqibatida halok…