2017-yili 380 mingdan ortiq qochqin Yevropa Ittifoqidan boshpana oldi. Bu haqda ichki ishlar, migratsiya va fuqarolik bo‘yicha yevrokomissar Dimitros Avramopulos bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Info: Bir yil ichida 380 mingdan ortiq qochqin Yevropa Ittifoqidan boshpana oldi - yangiliklar

Foto: “RIA Novosti”

“Biz jahonning boshqalardan ko‘proq boshpana taqdim etadigan mintaqasimiz… 2017-yili 382 ming kishiga boshpana taqdim etildi”, — dedi u, Yevroparlamentning Strasburgdagi plenar sessiyasida chiqish qilarkan.

2016-yili Yevroittifoq 720 mingdan ortiq odamga qochqinlik maqomini taqdim etgan edi.