AQSh milliy xavfsizlik agentligining Merilend shtatida joylashgan shtab-kvartirasi kirishi oldida otishma yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

Info: AQSh milliy xavfsizlik agentligi shtab-kvartirasi oldida otishma yuz berdi - yangiliklar

Foto: AP Photo

Noma’lum shaxs shtab-kvartira oldidagi to‘siqqa avtomobil bilan kelib urildi, so‘ng o‘t ochdi.

Uch kishi jarohatlandi. Otishmani uyushtirgan shaxs ushlandi.

Voqea joyida maxsus xizmatlar va qutqaruvchilar ishlamoqda.