Suriyada Isroil va Eron o‘rtasida mojaroning avj olishi mintaqada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Info: AQSh davlat kotibi Suriyada Isroil va Eron o‘rtasida mojaroning avj olishidan xavotir bildirdi - yangiliklar

Foto: AP

“Suriyada Isroil va Eron josuslari o‘rtasida nifoqning avj olishi mintaqada xavfsizlikka rahna soladi. Biz bundan juda tashvishdamiz”, — dedi davlat kotibi.

Shuningdek, Tillerson Eron Suriyadan barcha harbiylashgan kuchlarini olib chiqishi zarurligini ta’kidladi.