AQSh davlat departamenti Ozarbayjonni hibsga olingan jurnalist Afgan Muxtarlini ozod qilishga chaqirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Info: AQSh davlat departamenti Ozarbayjondan hibsga olingan jurnalistning ozod etilishini talab qildi - yangiliklar

Foto: Imedi News

Muxtarli kontrabanda va davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovi bilan olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

“AQSh ozarbayjonlik jurnalist Afgan Muxtarliga chiqarilgan hukmdan xavotirda. Biz Ozarbayjon rahbaridatidan uni ozod etishni qat’iy talab qilamiz”, — deydi departament vakili Xizer Nauert.

Nauertning qo‘shimcha qilishicha, Vashington hukmga siyosiy masalalar sabab bo‘lgan…