Prezidentning 29-dekabrdagi qaroriga muvofiq, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘ini 5,4 marta pasaytirish ko‘zda tutilgan, deb yozadi UzNews.

GM Uzbekistan avtomobillariga aksiz solig‘i 5 barobar kamaytirildi - yangiliklar

Foto: GM Uzbekistan

Hujjatga ko‘ra, 2018-yilda GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 5 foizni tashkil etadi.

Nashr eslatishicha, o‘tgan yilning boshida GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 29 foizga teng bo‘lgan. 2017-yilning yozida esa stavka 27 foizgacha tushirilgan.