GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2018-yilning yanvar-martida Rossiyada 4,1 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘p demakdir. Bu haqda UzDaily Yevropa biznesi assotsiyatsiyasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.

GM Uzbekistan 2018-yilning I choragida Rossiyada 4,1 mingta mashina sotdi - yangiliklar

Foto: UzDaily

2018-yilning martida kompaniya savdolarni 2017-yilning shu davriga qaraganda 71 foizga — 1,16 mingta avtomobilgacha ko‘paytirdi.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2018-yilning yanvar-martida 1 foizga teng bo‘ldi (2017-yilning shu davrida —…